Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Jahon banki Oʻzbekistonga 50 mln dollar ajratadi. Pullar qaysi sohaga yoʻnaltirilishi aytildi

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi kecha, 30 noyabr kuni ”Oʻzbekistonda raqamli inklyuzivlik“ loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi. Mablagʻlar Oʻzbekistonning…

Jahon banki Oʻzbekistonga 50 mln dollar ajratadi. Pullar qaysi sohaga yoʻnaltirilishi aytildi

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi kecha, 30 noyabr kuni ”Oʻzbekistonda raqamli inklyuzivlik“ loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi.

Mablagʻlar Oʻzbekistonning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni sohada oʻqitishga yoʻnaltiriladi.
”Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlanayatgan yangi loyiha Oʻzbekistonga ITES xizmatlari sohasidan iqtisodiy oʻsish, yangi ish oʻrinlari yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadlarida foydalanishga yordam beradi.

Mamlakatning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan minglab yoshlarni oʻqitish maqsadini koʻzlagan ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha doirasida ushbu tayyorlov kurslaridan oʻtgan shaxslarni ishga oladigan ITES kompaniyalari uchun turli xil ragʻbatlar taqdim yetiladi», – deya taʼkidlagan Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Prognozlarga koʻra, 2029 yilda loyiha yakuniga kelib, ITES xizmatlari sohasida Oʻzbekistonda 25 ming kishi ish bilan taʼminlanishi va 15 ming kishi turdosh sohalarda ish topish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin. Kelgusida butun mamlakat boʻylab zamonaviy ofis maydonlarini taklif qiluvchi 11 tagacha hududiy ITES markazlari ishga tushiriladi.


Mavzuga oid