Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati ma’lum mezonlar asosida baholab boriladi

Termiz shahar soliq inspeksiyasida “Mahallada soliq organlari faoliyatini tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Mahkamov ishtirok etib, mahallabay ishlash…

Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati ma’lum mezonlar asosida baholab boriladi

Termiz shahar soliq inspeksiyasida  “Mahallada soliq organlari faoliyatini tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Mahkamov ishtirok etib, mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish, xususan soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish borasida olib borilayotgan manzilli ishlar to‘g‘risida to‘xtaldi. Soliq xodimlariga «Mahallada soliq organlari faoliyati» yangi axborot tizimi (platformasi)da ishlash tartibi, maqsad va vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, viloyatdagi 724 ta mahallaga biriktirilgan 296 nafar soliq xodimlarining mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini o‘zi band qilganlarni kichik biznes toifasiga o‘tishlariga ko‘maklashish kabi jami 7 ta yo‘nalishda olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.

Mavzuga oid