Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi taʼsirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasioʻzgarishsiz qoldirildi. Prognozlarga koʻra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.…

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi taʼsirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasioʻzgarishsiz qoldirildi. Prognozlarga koʻra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini taʼminlashga qaratilgan.
Umumiy inflyatsiya soʻnggi oylarda 8,8 foizdarajasida saqlanib qoldi. Isteʼmol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, xizmatlar inflyatsiyasi oxirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayish ehtimoli mavjudligini koʻrsatadi.

Umuman olganda, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishi va saqlanib qolayotganligi, yuqori talab sharoitlariga ayrim taklif komponentlarining toʻliq moslasha olmayotganligi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, soʻnggi soʻrovlar natijalariga koʻra, sezilgan inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar yuqori darajalarda saqlanib qolmoqda.
2023 yilda iqtisodiy oʻsishning 6 foizgachatezlashishiga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yuqori surʼatda oʻsishi muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning ijobiy dinamikasi, fiskal ragʻbatlantirishlarning yuqori boʻlganligi va pul oʻtkazmalari iqtisodiy oʻsish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlovchi omillardan boʻldi.
Jahon iqtisodiyotdagi qatʼiy moliyaviy sharoitlar, mehnat bozorlarining muvozanatlashishi va xomashyo tovarlari narxlarining pasayuvchi dinamikasi taʼsirida global inflyatsiyaning joriy yilda ham sekishlashishda davom etishi kutilmoqda.

Savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendentsiyalar va kutilmalarni inobatga olib, kelgusi oylarda soʻmning real almashuv kursiga nisbatan yuqori bosimlar kuzatilmasligi taxmin qilinmoqda.
Bank tizimida likvidlikdagi tarkibiy profitsitning qisqarib borishi bilan bir qatorda, pul bozorida operatsiyalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Pul bozoridagi qisqa muddatli foiz stavkalarining joriy yil davomida ham monetar operatsiyalarni faol qoʻllagan holda foiz koridori doirasida shakllanishi uchun sharoit yaratib boriladi.
Milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha yuqori ijobiy real foiz stavkalari sharoitida bank depozitlari hajmining oʻsuvchi dinamikasi saqlanib qolishi kutilmoqda.

Yangilangan prognozlarga koʻra, asosiy stsenariy boʻyicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya 8-9 foiz, bazaviy inflyatsiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Joriy yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qaysi stsenariy shartlari asosida kechishi tashqi iqtisodiy omillar bilan birga maqroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashning ichki omillari, yaʼni tarkibiy islohotlar surʼatlari, fiskal intizom va pul-kredit siyosati taʼsirchanligiga bogʻliq boʻladi.

Ayni paytda, ayrim tartibga solinadigan narxlarda kutilayotgan oʻzgarishlar, aktsiz va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlar hisobiga keyingi oylarda ichki narxlarga bir martalik taʼsir ehtimollarini pasaytirish choralari koʻrilmoqda.
Asosiy tashqi xatarlar, global fragmentatsiyaning kuchayishi va yuqori global inflyatsion jarayonlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bilan bogʻliq boʻladi.

Yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi 5,5-6 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy oʻsishning asosiy omillari bir tomondan, isteʼmol talabi boʻlsa, ikkinchi tomondan, tarkibiy islohotlar taʼsirida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmining oshishi boʻladi.
Markaziy bank asosiy stavka boʻyicha kelgusi qarorlarini umumiy inflyatsiyaning yangilangan prognozlaridan kelib chiqib qabul qiladi va inflyatsiyaning 5 foizlik target koʻrsatkichiga erishish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini taʼminlab boradi.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yil 14 martga belgilangan.

Mavzuga oid