Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Ogohlik – davr talabi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir Termiz shahar soliq…

Ogohlik – davr talabi


Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir Termiz shahar soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda shaxsiy tarkibga odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilish, berilgan vazifani sidqidildan bajarish, mansab vakolatini suiiste’mol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish masalalari to‘g‘risida so‘z bordi.

Joriy yilning o‘tgan vaqti mobaynida viloyat soliq xizmati organlarida kuzatilgan korrupsion holatlar, mazkur huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan soliq xodimlari va qo‘llanilgan jazo choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, dunyoning turli nuqtalarida kuzatilayotgan notinchliklar, jumladan yot g‘oyalar ta’siri ostida ro‘y berayotgan ko‘ngilsizliklar to‘g‘risida so‘z yuritilib, doimo ogoh bo‘lish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash kerakligi tushuntirildi.

Mavzuga oid