Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik ballar kamayishiga sabab boʻladi

Nega barqarorlik reytingida yuqori toifaga koʻtarila olmayapmiz? Nima qilsak ballarimiz koʻpayadi? Qoʻshimcha ball olish imkoniyatlari qanday? Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davomida berilayotgan aksariyat savollar ayni shu…

Nega barqarorlik reytingida yuqori toifaga koʻtarila olmayapmiz?
Nima qilsak ballarimiz koʻpayadi?
Qoʻshimcha ball olish imkoniyatlari qanday?


Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davomida berilayotgan aksariyat savollar ayni shu mavzuda boʻlmoqda. Shu bois viloyat soliq xizmati organlari xodimlari seminarlar va manzilli uchrashuvlar davomida tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berishmoqda.


Termiz shahridagi dorixona, ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan manzilli uchrashuvlarda soliq xodimlari barqarorlik reytingida baholash tartibi, mezonlari va umumiy koʻrsatkichlarga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisida tushuntirish berishdi.


Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini taʼminlash, mehnatga haq toʻlash eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining ortishi kabi mezonlar qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar ekanligi taʼkidlanib, soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik ballar kamayishiga sabab boʻlishi tushuntirib oʻtildi.

Mavzuga oid