Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda
Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ularni ragʻbatlashtirish maqsadida joriy etilgan boʻlib, mazkur reytingda yuqori…
Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ularni ragʻbatlashtirish maqsadida joriy etilgan boʻlib, mazkur reytingda yuqori natijalarni qayd etayotgan ishbilarmonlarga koʻplab soliq imtiyozlari berilmoqda.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida boʻlib, tadbirkorlarni mazkur imkoniyatlar va imtiyozlardan xabardor qilishmoqda.
- Tadbirkorlar faoliyati jami 23 ta mezon asosida baholanib,ballar yigʻindisiga taʼsir etuvchi umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar tadbirkorlarni soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarishga undamoqda, – deydi viloyat soliq boshqarmasi “Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi” bosh inspektori Sobir Raxmonqulov. – Eng muhimi tadbirkorlar shaxsiy kabinetlari orqali baholash koʻrsatkichlari va berilgan ballar toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot olish, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida toʻgʻrilash imkoniyatiga egalar.
Joriy yilning oʻtgan vaqti mobaynida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan koʻplab seminarlar, bevosita muloqotlar, tadbirkorlar bilan manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, minglab soliq toʻlovchilarga barqarorlik reytingining mazmun-mohiyati va baholash tartibi tushuntirildi.