Bahodir Jalolov BRICS oʻyinlarining finaliga chiqdi
Kecha, 21 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRICS oʻyinlarining boks bahslarida yarim final janglari boʻlib oʻtdi. Umumiy hisobda 12 nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi turnirning final bosqichiga yoʻl…
Kecha, 21 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRICS oʻyinlarining boks bahslarida yarim final janglari boʻlib oʻtdi. Umumiy hisobda 12 nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi turnirning final bosqichiga yoʻl oldi.
Oʻz vazn toifalarida Shodiyorjon Meliqoʻziyev, Shahzod Muzafarov, Hudoynazar Fayzov, Dilshod Abdumurodov, Shavkatjon Boltayev, Havasbek Asadullayev,Javohir Ummataliyev, Toʻrabek Habibullayev, Madiyor Sayidrahimov va Bahodir Jalolov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ayollardan esa Nigina Oʻktamova va Aziza Zokirova oltin medal uchun kurashadigan boʻldi.
Erkaklardan Asilbek Jalilov, Adhamjon Muhiddinov va Shohjahon Abdullayev, ayollardan esa Feruza Kazakova, Sitora Turdibekova, Dilfuza Bekova, Mavluda Movlonova va Oltinoy Sotimboyeva bronza medali bilan kifoyalanadigan boʻldi.