Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yevro-2024: Angliya va Ispaniya chorak finalga yoʻl oldi

Kecha, 30 iyun kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionatining nimchorak final oʻyinlari davom ettirildi. Chorak finalga chiqish uchun Angliya-Slovakiya va Ispaniya-Gruziya bahslari boʻlib oʻtdi. “C” guruhida sensatsiyalarga sabab boʻlgan…

Kecha, 30 iyun kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionatining nimchorak final oʻyinlari davom ettirildi. Chorak finalga chiqish uchun Angliya-Slovakiya va Ispaniya-Gruziya bahslari boʻlib oʻtdi.

“C” guruhida sensatsiyalarga sabab boʻlgan Slokaviya futbol vatani vakillarini ham musobaqadan chiqarib yuborishiga bir baxya qoldi. Dastlab 25-daqiqada Slovakiyadan Ivan Shrants hisobni ochdi. 90+5 daqiqagacha bahsda hisob oʻzgarmadi. Qoʻshib berilgan daqiqalarda “Real” aʼzosi Jud Bellingem tomonidan kiritlgan qaychi uslubidagi gol Angliya joniga oro kirdi. Ekstra-taymlarning startida Xarri Keyn tomonidan kiritilgan gol inglizlarga pley-off yoʻllanmasini taqdim etdi.

Yana bir uchrashuvda musobaqa favoritlaridan biri boʻlmish Ispaniya Gruziya bilan bahs olib borib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, 18-daqiqada Roben Le Norman oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. Keyingi daqiqalarda Ispaniya bosimni kuchaytirib, hisobdagi ustunlikni toʻliq oʻziniki qilib oldi. 39-daqiqada Rodri, 51-daqiqada Fabian Ruis, 75-daqiqada Niko Uilyams va 83-daqiqada Dani Olmo tomonidan kiritilgan gollar “qizil furiya”ni chorak finalga olib chiqdi.

Mavzuga oid