Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bugun Bahodir Jalolov BRIKS oʻyinlaridagi yurishini boshlaydi

Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida 5-BRIKS sport oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Bugun, 19 iyun kuni musobaqada sportning boks turi boʻyicha bahslar boshlanadi. Kun dasturida 11 nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi,…

Bugun Bahodir Jalolov BRIKS oʻyinlaridagi yurishini boshlaydi

Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida 5-BRIKS sport oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Bugun, 19 iyun kuni musobaqada sportning boks turi boʻyicha bahslar boshlanadi.

Kun dasturida 11 nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi, jumladan kechki vaqtda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov xitoylik Remula Abudurixiti bilan toʻqnash keladi.

Janglar soat 16:00 da boshlanadi.

Bugun jang oʻtkazadigan oʻzbekistonlik bokschilar roʻyxati:

-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Lia Patlay (Rossiya) “A” ring, 16:00 dan soʻng; 

-50 kg: Sabina Boboqulova – Anamika (Hindiston) “B” ring, 16:00 dan soʻng;

-54 kg: Nigina Oʻktamova – Soniya (Hindiston) “B” ring, 16:15 dan soʻng;

-60 kg: Rashida Tagirova – Alla Ivashkevich (Bellarus) “A” ring, 16:30 dan soʻng;

-66 kg: Hadichabonu Abdullayeva – Manju Bamboriya (Hindiston) “B” ring, 16:45 dan soʻng;

-75 kg: Aziza Zokirova – Alina Veber (Bellarus) “B” ring, 17:30 dan soʻng;

+81 Diyoraxon Abdummanobova – Nupur (Hindiston) “B” ring, 18:00 dan soʻng;

-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Maqsud Hasmetov (Ozarbayjon) “B” ring, 18:15 dan soʻng;

-71 kg: Havasbek Asadullayev – Farazahmad Amiri (Afgʻoniston) “A” ring, 19:30 dan soʻng;

-92 kg: Madiyor Sayidrahimov – Bakit Toktosun (Qirgʻiziston) “A” ring, 20:15 dan soʻng;

+92 kg: Bahodir Jalolov – Remula Abudurixiti (Xitoy) “B” ring, 20:15 dan soʻng. 

Maʼlumot uchun, BRIKS oʻyinlarida dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 3 mingga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Turnir 23 iyunga qadar davom etadi.

Mavzuga oid