Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Fayzullayev qachon Olimpiya jamoasi safiga qoʻshilishi maʼlum boʻldi

TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 11 iyul kuni Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish uchun Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi safiga joʻnab ketadi. Bu haqda TASS xabar berdi. Manbaga koʻra, Oʻzbekiston…

Fayzullayev qachon Olimpiya jamoasi safiga qoʻshilishi maʼlum boʻldi

TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 11 iyul kuni Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish uchun Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi safiga joʻnab ketadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Moskva klubi allaqachon Fayzullayev masalasida kelishib boʻlgan. Fayzullayev 11 iyul kuni Oʻzbekiston terma jamoasi safiga borib qoʻshiladi. 

“Bu borada biz TsSKA rahbariyati bilan uzoq gaplashib oʻtirmadik. Olimpiadada ishtirok etish imkoniyati hayotimda bir marta boʻlishi mumkinligini bosh murabbiy juda yaxshi tushundi. Imkoniyat uchun klubdan minnatdorman”, deydi Fayzullayev.

Qayd etish joiz, Oʻzbekiston terma jamoasi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga yoʻl olib, Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi. Jamoa birinchi marta Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Futbol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlari 24 iyuldan 9 avgustgacha Frantsiyaning yetti shahrida boʻlib oʻtadi.

Mavzuga oid