Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bahodir Jalolov nega yaxshi formada emasligiga izoh berdi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Ozarbayjonda oʻtkazilgan “Great Silk Way-2024” turnirida yaxshi formada boʻlmaganini tasdiqladi. “Ozarbayjondagi turnirga yaxshi jismoniy holatda bormadim. Ancha vaqt boks…

Bahodir Jalolov nega yaxshi formada emasligiga izoh berdi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Ozarbayjonda oʻtkazilgan “Great Silk Way-2024” turnirida yaxshi formada boʻlmaganini tasdiqladi.

“Ozarbayjondagi turnirga yaxshi jismoniy holatda bormadim. Ancha vaqt boks tushmasam, har bir turnirda birinchi jangim qiyin oʻtadi. Bakudagi musobaqada jismoniy holatimni yaxshilab olish uchun ishtirok etdim. Uylanganimdan keyin biroz dam oldim. Endi yana avvalgi holatimga tiklab olish uchun oʻz ustimda ishlayapman. Muxlislarimiz yutsak-yutqazsak qoʻllab-quvvatlab turishsa, hammasi yaxshi boʻladi”, deydi Jalolov.

Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov 14 aprel kuni Toshkent shahrida oʻtkaziladigan IBA chempionlar oqshomi doirasida xorvatiyalik Smaki Agronga qarshi ringga koʻtariladi. Shuningdek, 29 yoshli bokschi may oyida Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan profboks kechasida ham jang qilishi koʻzda tutilgan.

Mavzuga oid