Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini mart oyida oʻtkazishi mumkin

Charm qoʻlqop ustamiz Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini bahorning boshida, yaʼni mart oyida oʻtkazishni reja qilayotganini maʼlum qildi. Professional bokschimiz okean ortida mashgʻulotlarni davom ettirish maqsadida yanvar…

Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini mart oyida oʻtkazishi mumkin

Charm qoʻlqop ustamiz Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini bahorning boshida, yaʼni mart oyida oʻtkazishni reja qilayotganini maʼlum qildi.

Professional bokschimiz okean ortida mashgʻulotlarni davom ettirish maqsadida yanvar oyida AQShga joʻnab ketadi. Uning aytishicha, promouterlari mart oyida Bektemirga jang tashkil etib berishni maqsad qilishgan.

Katta ehtimol bilan bu Eliminator, yaʼni chempionlik yoʻlidagi saralash jangi boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Bektemir Meliqoʻziyev soʻnggi jangini 8 oktyabr kuni Alantes Foksga qarshi oʻtkazib, raqibini nokautga uchratgandi.

Mavzuga oid