Futbolchilar “Evro-2024”da mikrochip oʻrnatilgan toʻp tepadi
2024 yili boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ilk bor “Adidas” kompaniyasining yuqori texnologiyali toʻpidan foydalaniladi. Bu haqda “The Times” xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, oʻrnatilgan mikrochip yordamida gol boʻlgan…
2024 yili boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ilk bor “Adidas” kompaniyasining yuqori texnologiyali toʻpidan foydalaniladi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻrnatilgan mikrochip yordamida gol boʻlgan vaziyatda futbolchining qoʻli toʻpga tekkan yoki tegmaganligini aniqlash osonlashadi.
Chip oʻziga xos kuzatish texnologiyasi orqali real vaqt rejimida oʻyinchi tanasining uch oʻlchamli tasvirini yaratib, toʻp aynan qayerga urilganini aniqlash imkonini beradi.
Yuqori texnologiyali toʻp Yevropa Chempionlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida ham qoʻllaniladimi yoki yoʻqmi, bu aniq emas. Yana bir tomondan mikrochip oʻrnatilgan toʻplar oddiylariga nisbatan anchagina qimmatga tushishi ham aytilmoqda.