Humoyun Toʻxtamurodov ozodlikka chiqdi
Joriy yilning 27 noyabr sanasida Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida MMA jangchisi Humoyun Toʻxtamurodov ham ushlangandi. U Qoʻqon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazib,…
Joriy yilning 27 noyabr sanasida Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida MMA jangchisi Humoyun Toʻxtamurodov ham ushlangandi. U Qoʻqon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlikda ayblanayotgandi.
Maʼlum boʻlishicha, sportchi ozodlikka chiqqan. Kecha, 26 fevral kuni Toʻxtamurodov oʻz Instagram sahifasida post qoldirdi, bugun, 27 fevral kuni esa u oʻz sahifasida jonli efir qilib, kuzatuvchilari bilan suhbatlashdi.
“Meni hech qanday jinoyatchi guruhlar, qonunbuzarlar bilan aloqam yoʻq! OAVda men haqimda aytilgan gumonlarning barchasi asossiz! Yangi Oʻzbekistonda qonun ustuvor! Bu yurt non-suvini, mehrini ichib yashagan har bir inson bu yurt qonunlariga ham amal qilib yashashi shart!”, deydi Toʻxtamurodov oʻz postida.
Qayd etish joiz, Toʻxtamurodovga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan 3 oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangandi. Hozircha tegishli idoralar sportchini rasman ozodlikka chiqarilgani haqida rasmiy maʼlumot bermadi. Hisob-kitoblarga tayanadigan boʻlsak, sportchiga tayinlangan 3 oylik qamoq jazosi muddati tugagan.
Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida sportchining ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlar rad etilgandi.
“Bu yerdagi har bir daqiqamda oʻzim uchun tegishli xulosalarni chiqaryapman. Bundan keyin salbiy holatlar qaytarilmaydi”, degandi Toʻxtamurodov.