Levandovski kelajagi haqida: «Yana 3-4 yil oʻynay olaman, jismonan oʻzimni yaxshi his qilyapman»
Robert Levandovski futbolchilik faoliyatini 3-4 yildan keyin yakunlashi mumkinligini aytdi. «Faoliyatimda yetarlicha sovrinlarga erishganim haqida oʻylamayman. Hali ham gollar va gʻalabalarga chanqoqman. Oʻylaymanki, yana 3-4 yil…
Robert Levandovski futbolchilik faoliyatini 3-4 yildan keyin yakunlashi mumkinligini aytdi.
«Faoliyatimda yetarlicha sovrinlarga erishganim haqida oʻylamayman. Hali ham gollar va gʻalabalarga chanqoqman.
Oʻylaymanki, yana 3-4 yil oʻynay olaman, jismonan oʻzimni yaxshi his qilyapman», – deydi 35 yoshli yoshli polshalik forvard.
Maʼlumot uchun, «Barselona» hujumchisi La Liga joriy mavsumida 7ta golga mualliflik qilgan. Kataloniya klubi turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda. Klub navbatdagi turda yakshanba oqshomida 2-oʻrindagi «Jirona»ga qarshi maydonga tushadi.