Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Osiyo kubogi-2023: Bugun Oʻzbekiston Tailand bilan oʻynaydi

Bugun, 30 yanvar kuni futbol boʻyicha Osiyo kubogining nimchorak final oʻyinlari davom ettiriladi. Mazkur bosqichda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi maydonga tushadi. Srechko Katanets shogirdlari oʻyinda oq,…

Osiyo kubogi-2023: Bugun Oʻzbekiston Tailand bilan oʻynaydi

Bugun, 30 yanvar kuni futbol boʻyicha Osiyo kubogining nimchorak final oʻyinlari davom ettiriladi. Mazkur bosqichda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi maydonga tushadi.

Srechko Katanets shogirdlari oʻyinda oq, darvozabon esa qora rangli libosda harakatlanadi. Tailandlik futbolchilar esa koʻk rangli libosda maydonga tushadi.
Oʻzbekiston-Tailand uchrashuvi gʻolibi chorak finalda mezbon Qatar bilan kuch sinashadi. Kecha, 29 yanvar kuni Qatar Falastinni magʻlubiyatga uchratib, 1/4 final masalasini hal qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston-Tailand oʻyini soat 16:30 da start oladi. Bahsga Doha shahridagi “Al-Janub” stadioni mezbonlik qiladi.

Mavzuga oid