Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi BAA klubiga oʻtdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi aʼzosi Hojimat Erkinov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Manbaga koʻra,…
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi aʼzosi Hojimat Erkinov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Manbaga koʻra, Erkinov yangi jamoasi bilan shu yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan. BAA klubiga futbolchi transferi 600 ming yevroga tushdi.
Hozirda 22 yoshli futbolchi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda oʻtkazilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun, Erkinov joriy mavsum “Paxtakor” safida Osiyo Chempionlar ligasida (OChL) 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Sherlar”dagi faoliyati davomida futbolchi 4 marta Oʻzbekiston chempionatida, 1 marta Oʻzbekiston kubogida va 2 marta mamlakat superkubogida gʻolib boʻlgan. U Olimpiya terma jamoasi safida Osiyo oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.