Trabzondagi voqea aybdorlari jiddiy jazolanishi kerak – Infantino
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Turkiya Superligasining “Fenerbaxche” – “Trabzonspor” uchrashuvida futbolchi va muxlislar oʻrtasida sodir boʻlgan ommaviy mushtlashuv holati boʻyicha munosabat bildirdi.…
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Turkiya Superligasining “Fenerbaxche” – “Trabzonspor” uchrashuvida futbolchi va muxlislar oʻrtasida sodir boʻlgan ommaviy mushtlashuv holati boʻyicha munosabat bildirdi.
“Trabzonspor” va “Fenerbaxche” oʻrtasidagi chempionat oʻyinidan soʻng, turk muxlislari guvoh boʻlgan zoʻravonliklarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham, sportda va jamiyatda bunga mutlaqo oʻrin yoʻq. Men buni avval ham aytganman va yana aytaman – futbolda har bir futbolchi butun dunyo boʻylab koʻplab odamlarga quvonch keltiradigan oʻyinni oʻynash uchun xavfsiz boʻlishi kerak. Tegishli organlarni barcha darajadagi ushbu qoidaga rioya etilishini taʼminlashga va Trabzondagi dahshatli voqea aybdorlarini qilmishlari uchun javobgarlikka tortishga chaqiraman”, deydi Infantino.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq mazkur holat boʻyicha tergov boshlangani xabar qilingandi.
Hozirda maydonga yugurib chiqqan muxlislarning shaxsi aniqlanmoqda.