Ulugʻbek Rashidov va Svetlana Osipova ilk marta reyting orqali Parij-2024 olimpiadasiga yoʻl oldi
Birinchi bor ikki nafar tayekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yoʻl oldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi. Butunjahon takevondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 olimpiadasi uchun litsenzion reyting…
Birinchi bor ikki nafar tayekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yoʻl oldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Butunjahon takevondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamgʻarish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Ulugʻbek Rashidov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yoʻllanmalariga ega boʻlishdi.
Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik sportchi qizlar ilk marotaba toʻgʻridan toʻgʻri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.